Blog haqida

Mening ismim Kamola. Men abiturientman. Ayni damda, abiturient bo’lish onlari qanday kechishi haqida shaxsiy blog olib bormoqdaman.

Kimdir oliy ta’limni keraksiz, - deb bilsa, boshqa biri esa, aksincha, oliy ma’lumotsiz kelajagini tasavvur qila olmaydi. Shaxsan men – ikkinchi fikrga qo’shilaman. Negaki, siz o’qish davrida ko’plab yangidan yangi, qiziqarli tanishlar orttirasiz, foydali bilimalar zahirasiga ega bo’lasiz.

Yana bir sabab, ishga joylashish masalasi, ya’ni nufuzli kompaniyada suhbat paytida ta’lim darajasi e’tiborli o’rinda turadi, chunki diplom sizni obro’li karyera bilan ta’minlaydi. Umuman olganda talabalikning afzal tomonlari yetarlicha: yo’l chiptasiga va ayrim oshxonalarda chegirma, ko’rgazmaga bepul tomosha kabi qulayliklar mavjudligi kishini quvontiradi.

Endi boshqa, kirish imtihonlariga tayorgarlik masalasiga e’tiborimizni qaratamiz, zero, oliy o’quv yurtiga kirish uchun qunt bilan tayorlanish kerak.

Ehtimol, birinchi urinishdan o’qishga kirish nasib qilmas – bu ma’lum emas, ammo hozircha yomon niyatdan yiroqlashamiz.

Kirish imtihonlariga tayorgarlik jarayoni qanday kechadi?

Qo’shimcha darslar, test to’plamlaridagi mashqlar va yaxshi niyat bilan “talaba” nomiga muyassar bo’lgan do’stlarimizdan maslahat olish. Bularning barchasi maqul, ammo bugungi kunda hayotimizni ancha yengillashtiradigan boshqa bir yo’llar ham bor. Misol uchun, elektron tizim orqali bilimni tekshirish yo’li sizga to’plangan ball bilan qaysi o’quv yurtiga kira olishingizni ko’rsatib beradi. Men ham aynan shunday qilaman: mana bir necha yildan beri Profi Education o’quv markazida shug’ullanaman va bilimimni muntazam ravishda iTest.uz tizimi orqali tekshiraman.

Eng asosiy omil – sizning bilimingiz, biroq bundan tashqari e’tiborni jalb qiladigan boshqa savollar ham mavjud. Avvalo universitet va fakultet tanlash masalasi. Ikkinchidan – kirish ballarini aniq bilish. Uchinchidan –yil davomida o’quv tizimidagi o’zgarishlardan xabardor bo’lish. Masalan, xujjat topshirish jarayonidagi o’zgarish – endi, odatdagidek 20 – iyundan 20 – iyulgacha emas, balki undan 5 kun avvalroq boshlanadi. Aynan shu o’zgarish haqida siz bilan suhbatlashmoqchiman.

Blog olib borishdan maqsadim, shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston joriy ta’lim tizimidagi yangi o’zgarishlar haqida barcha o’qishga kirish niyatida bo’lgan abiturientga ma’lumot ulashish. Har bir materialda ma’lumotni ma’suliyat bilan aniqlashtirib, ahamiyatli bo’lgan qismlari bilan bo’lishaman.

Kelajakadagi planlarga kelsak, abiturient, men senga universitet tanlashda yordam beraman va davlatimiz o’quv yurtlari bilan tanishtiraman. Bilim tekshirishning qulay yo’llari va o’tgan yilgi kirish ballar kabi ma’lumotlardan xabardor qilaman.

Senga o’qishga kirishda, menga esa ma’lumot ulashishda omad tilayman!