Barchasi adolatli: abituryent shaxshini aniqlovchi yangi tizim, va test jarayonidagi jonli kuzatuv

O'zbekiston oliygohlari, Yangiliklar, Imtihonlar
602 0

Salom, abituryent!

Senga kerakli ma’lumotlarni yetkazishda davom etaman.

O’zbekiston tarixida birinchi marotaba, kirish imtiohonlarida abituriyent shaxsini aniqlash “aqlli” tizimi ishga tushadi. O’zbekiston davlat milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov aytishicha ushbu tizim birinchi bo’lib aynan milliy universitetida faoliyat ko’rsatadi. G’oya haqida poytaxtimizdagi xalqaro matbuot klubi yig’ilishida gapirildi.

Bu biometrik texnologiya abituryentlarga imtihon topshirish jarayonini yaxshilashda yordam beradi.

Aytganday, milliy universitet rektori ta’kidlashicha, yangi tizim kirish imtihoni jarayonidagi abituryent o’rniga begona kishi kirib test topshirish kabi nohaqliklarni bartaraf etadi. Bunday holat ham uchragan. Shu bilan birga O’zbekiston davlat milliy unversiteti imtihon o’tayotgan auditoriyadan onlayn kuzatuv tashkillashtirish arafasida. Aynan shu kabi chora-tadbirlar imtihonda uchraydigan barcha firibgarlik, nohaqliklarni aniqlashtirishda va ularga qarshi chora qo’llash imkoniyatini yaratib beradi.

Agar qo’shni davlatlar bilan taqqoslaydigan bo’lsak, masalan Rossiyada “proktoring” degan tushuncha bor. Ushbu tushunchaning so’zma-so’z tarjimasi, natijalarga ishonchli munosabatni oshirish maqsadida   onlayn imtihonlarni masofadan kuzatuvini yuksaltirish. Albatta, bizda onlayn ta’lim mavud emas, ammo yangi tizim bevosita imtihon olib boriladigan auditoriyalarda tatbiq qilinmoqda. Quyidagi tizim barcha o’quv yurtlarida ishga tushish ehtimoli kam, zero hozircha faqat O’zbekiston milliy universitetida tatbiq ishi rejalashtirilmoqda. Biroq gap kirish imtihonlari haqida ketadigan bo’lsa, formatlar o’xshashligi, ya’ni imtihon jarayoni imkon darajada ochiq va tiniq kechishi lozim.

Quyidagi barcha jarayonlar ichida alohida qiziqishini test topshirayotgan abituryentning doimiy nazoratda bo’lishi tug’diradi. Tekshiruv shaxsni avtomatik yo’l bilan aniqlash usuli asosida yaratilgan. Bu funksiya test vaqtida shaxsni almashtirib qo’yish omilini nazorat qilish imkoniyatini yaratib beradi va sening o’rninga hech kim imtihonga kira olmaydi.

Bu kabi choralar studentlik nomiga adolatli kurash bilan erishish uchun qo’llaniladi. Shu o’rinda, bu narsaga sen tahdidli obyekt sifatida emas, balki foydali texnologiya sifatida qarashing kerak. Jahondagi mashhur oliy o’quv yurtlari allaqachon ushbu tizimga o’tib bo’lgan va buni yangilik deb ham bo’lmaydi. Mana bizgacha ham yetib keldi.

Bu kabi katta o’zgarishlar prezidentning ta’lim tizimini ihtisoslashtirish haqidagi qaroridan kelib chiqmoqda.

Manba

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas