Bugungi kunda O’zbekiston oliy o’quv yurtlaridagi kechayotgan umumiy holat

O'zbekiston oliygohlari, Yangiliklar
813 0

Salom, bo’lajak talaba!

Maqolamning ushbu sonida men sizga O’zbekiston oliy o’quv yurtlarga ta’rif berib va necha nafar abiturient qabul qilish soni haqida ma’lumot beraman.

Ayni damda O’zbekistonda jami 81 ta oliy o’quv yurt maskani faoliyat yuritadi. Mustqaillikka erishishga qadar ular soni 37 ta edi, shu sababli o’quv tizimi taraqqiyotga erishganligi yaqqol namoyon. Ulardan 24 ta universitet, 34 ta institut, 2 ta akademiya, 1 ta konservatoriya, 1 ta oliy maktab, 15 ta oliy o’quv yurt filiallari va 7 ta chet el o’quv yurtlari faoliyat olib boradi.

O’tgan 2016 yilda yurtimiz ta’lim maskanlarida 18 ta yangi yo’nalishlar tashkil topdi: Beruniy nomidagi davlat texnik universitetida-8; Toshkent arxitektura-qurilish institutida-3; Toshkent kimyo- texnologiyai va Qarshi injener iqtisodiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va uning Nukus shahridagi filiali, Andijon qishloq xo’jaligi instituti kabilarida bittadan yo’nalish majvud.

Ma’lumotga ko’ra o’tgan 2016 yilning o’zida O’zbekiston bo’yicha 663298 nafar abiturient o’qishga xujjat topshirdi. Ushbu ko’rsatgich 2015-yilgi ko’rsatgichdan 57462 songa ko’p. Tanlovga kelsak, kishi boshiga 10,45 abiturientdan taqsimlandi.

Shu bilan birga 2016-yil statistikasiga ko’ra eng ko’p topshirilgan xujjat soni Termez oliy o’quv yurtlarida (37,7 mingta xujjat , bitta o’ringa – 20,45 kishi), Qarshida (26,3 mingta xujjat, bitta o’ringa 18,88 – kishi), va Andijon davlat universitetida (25,9 mingta xujjat, bitta o’ringa – 18,28 kishi) dan to’g’ri keldi. Ammo, bitta bo’sh o’ringa eng yirik sonda xujjat topshirgan o’quvchilar Toshkent filiali Farg’ona tibbiyot akademiyasida aks ettirildi (24,8 kishi).

Yurtimizdagi 15 ta oliy ta’lim maskanlari qoshida o’quv marzaklari bo’lib, ularning barchasiga chet el: Janubiy Koreya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Yaponiya, AQSH, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlardan mutaxasislar jalb qilingan.

O’quv tizimidagi yangilanish 1991-yildan boshlandi. Chunonchi, Toshkentdagi eng yirik ya’ni Toshkent politexnika instituti bir necha mustaqil o’quv yurtlariga bo’lindi: Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, va Toshkent arxitektura-qurilish instituti. Shuningdek Toshkent xalq iqtisodiyoti insituti asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutlari tashkil qilindi. Toshkent davlat universitetidan esa Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat Yuridik universiteti kelib chiqdi.

So’ngra, vaqt o’tgach butunlay yangi oliy o’quv yurtlari ochildi: Jaxon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti, Toshkent islom universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti.

Viloyatlardagi ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida 14 ta poytaxt oliy o’quv yurt filiallari ochildi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti asosida (5 ta filial), Toshkent davlat qishloq xo’jaligi universiteti (1 ta filial), Toshkent irrigatsiya va melioratsiaya instituti (1 ta filial), Toshkent tibbiyot akademiyasi (1 ta filial), Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (1 ta filial) va O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (1 ta filial), Toshkent davlat stomatologiya instituti (4 ta filial).

Xalqaro hamkorlik O’zbekiston ta’lim tizimida yaqqol aks etdi. Va shu bilan birga bir necha chet el oliy o’quv yurti filiallari tashkil qilindi: Xalqaro Vestminister universiteti, Turin politexnik universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Inha universiteti, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, G. V. Plexanov nomidagi Rossiya davlat iqtisodiyot universiteti, I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti.

Umuman olganda, oliy ta’lim tizimi aynan shunday rivojlangan.

O’ylaymanki, material sizga foydali bo’ladi.

Omad!

Kamola.

 

Manba

Manba

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas