Kontrakt narxi: qancha va qanday to’lash yo’llari haqida

O'zbekiston oliygohlari, To'lov, Yangiliklar
1477 0

Salom, abiturient!

Ushbu mavzu shartnoma bo’yicha o’qishga kiradigan talabalar uchun yoritilgan.

Odatda, har yili barcha o’quv yo’nalishlarining to’lov narxi 15% oshadi. Ohirigi marta bu kabi o’zgarish 2016 yilda kuzatilgan edi. Shu ko’rsatgich asosida bugungi kundagi holat quyidagicha:

Gumanitar yo’nalishlar

Pedagogika, shu jumladan professional ta’lim – 6,65 million so’m.

San’atshunoslik – 7,99 million (sirtqi ta’lim – 3,11 million).

Gumanitar fanlar – 6,65 million.

Sharq filologiyasi, turkiy tili filologiyasi, roman –german filologiyalari, nazariy va amaliy tarjima, o’zbek-ingliz tilllarining nazariy va amaliy tarjimasi – 7,25 million.

Jahon siyosati – 9,85 million.

Matematika, oliy matematika va informatika, tabiiy fanlar – 6,65 million.

 

Ijtimoiy va iqtisodiy yo’nalishlar, huquq

Sotsiologiya, psixologiya – 6,65 million.

Jurnalistika va informatsiya – 7,25 million.

Iqtisod – 8,8 million.

Jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar – 9,85 million.

Huquqshunoslik – 9,85.

 

Ishlab chiqarish va texnik sohasi

Muhandislik ishi va ishlab chiqarish texnologiyalari – 6,65 million (sirtqi bo’lim – 2,2 million).

Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari – 7,25 million (sirtqi bo’lim – 2,65 million).

Iqtisod va boshqaruv sohasidagi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari – 8,8 million.

Arxitektura va qurilish – 7,25 million

 

Qishloq va suv xo’jaligi

Qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaliklari, qishloq xo’jaligi boshqaruvi, qishloq xo’jaligi texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya - 6,65 million.

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ishlari

Sog’liqni saqlash ishi – 8,8 million.

Ijtimoiy ishlar – 6,65 million.

 

Xizmatlar

Xizmatlar – 7,25 million.

Sport faoliyati – 6,65 million.

Transport – 7,25 million.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, hayot faoliyati muhofazasi – 6,65 million.

 

      Darakchi.uz gazeti nega ta’lim narxi bunchalik oshayotgani haqida material tayyorladi. Barcha savollarga axborot bo’limi boshlig’i, oliy va o’rta-maxsus ta’lim ministiri Farhod Babashev javob berdi. Jumlaan, biz eng asosiy lavhalarni to’pladik:

     *Ta’lim narxi xususan minimal ish haqiga bog’liq bo’lib, ya’ni agarda minimal ish haqi narxi oshsa, bu holda stipendiya ham ko’tariladi. Quyidagi holat faqatgina Davlat oliy o’quv yurtlarida kuzatiladi, negaki chet el o’quv yurtlarida ta’lim narxi sobit hisoblanadi.

      *Quyidagi yo’nalishlar eng qimmat deb tan olingan; “Jahon siyosati”, “Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, va “Huquq”. Ushbu yo’nalishlardagi shartnoma narxi – 9 850 000 so’mni tashkil qiladi.

       *Davlat tomonidan foizsiz imtiyozlar ajratilgan: aniqrog’i yetimlar uchun, “Mehribonlik” bolalik uyi va internat o’quvchilariga, hamda I, II guruh nogironlariga foizsiz ta’lim kreditlar beriladi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilada istiqomat qiluvchi talabalar uchun ham Davlat bandlik jamg’armasi tomonidan 50% miqdoridagi kredit to’lovi qoplanadi.

        *Yana bir dolzarb savollardan biri - bu ta’lim shartnomasining to’lov bosqichlari. Shartnoma asosida ta’lim oladigan talabalar to’lovni bir necha bosqichda amalaga oshirishlari mimkin. Asosiysi, to’lovning birinchi yarimini 50% 1-oktyabrga qadar, qolgan ikkinchi yarimini esa 1-martgacha kiritish lozim. Birinchi kurs talabalari shartnomaning 50%, ya’ni yarim qismini 15-sentyabrga qadar to’lamog’i shart. To’lovni 4 yilga umumiy, to’liq miqdorda to’lash mumkin, ammo yil davomida to’lovdagi farq baribir umumiy to’langan hisobdan kelib chiqqan holda taqsimlanadi.

O’ylaymanki, siz yetarlicha ma’lumotga ega bo’ldingiz.

Sizga byudjet asosida o’qishga kirishni tilab qolaman.

Omad!

Kamola.

 

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas