Oliy o’quv yurtiga xujjat topshirish jarayoni

O'zbekiston oliygohlari
829 0

Salom!

Siz bilan bugun oliy o’quv yurtiga xujjat topshirish jarayoni haqida suhbatlashamiz.

Oldindan qabul sanasi 15-iyundan 15-iyulga qadar davom etishini eslatib o’taman.

Bakalavrga o’qishga kirish uchun avvalo oliy o’quv yurt qabul komissiyasiga quyidagi xujjatlar ro’yxatini taqdim etishingiz lozim.

  • Aniq tanlangan yo’nalish, ta’lim shakli va tili belgilangan xujjat, ya’ni rektor nomiga ariza
  • O’rta (maktab) yoki o’rta maxsus ta’lim maskanidan (litsey, kollej) diplomning asl nusxasi
  • 086-U shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma
  • Pasportning ko’chirma nusxasi yoki tug’liganligi haqida guvohnoma
  • 3,4 ga 4,5 smli 6 ta rangli surat
  • Agarda siz sirtqi bo’limga topshirmoqchi bo’lsangiz, unda mehnat daftari guvohnmasi va tashkilot tomonidan tavsiyanoma keltirishingiz lozim.

 

Agarda siz Respublika yoki xalqaro olimpiyada, tanlov g’olibi bo’lsangiz, bu holda to’g’ridan to’g’ri davlat granti asosida o’qishga qabul qilishingiz uchun, sizning yutug’ingizni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etasiz.

Agar siz armiya xizmatini o’tab, imtiyozga ega bo’lsangiz, bu holda sanab o’tilgan xujjatlar ro’yxatidan tashqari xarbiy bo’lim tomonidan xizmatingizni tasdiqlovchi tavsiyanomani keltirasiz.

Agarda siz jismoniy tarbiya institutiga topshirmoqchi bo’lsangiz, bu holda yuqorida ko’rsatilgan xujjatlardan tashqari sizning sport bo’yicha mutahassisligingizni tasdiqlovchi xujjat, ya’ni maxsus tekshiruv uchun sport toifali daftarchasi va 8 ta surat taqdim etasiz.

Test sinovidan uch kun oldin qabul komissiyasi e’lonlar burchagida guruhlarga bo’lingan abiturientlar ro’yxati, korpus va auditoriya soni joylashgan sxemasini ilib qo’yishadi. Shu bilan birga sizga imtihonga ruhsatnoma  beriladi va siz shu vaqt ichida aniq korpus, auditoriya soni va qavatini eslab qolishingiz zarur.

Imtihonga kirish vaqti ertalabki soat 7:30 dan boshlanib, navbatchiga passport va ruhsatomangizni ko’rsatasiz va 8:00 da o’z auditoriyangizga yo’l olasiz. Imtihonga kechikish aslo mumkin emas, vaholanki kechikgan o’qucvhi imtihonga kiritilmaydi. Imtihon xujjatda belgilangan tilda olib boriladi.

Mabodo o’qishga kira olmasangiz umumiy davlat interaktiv xizmatlari portaldagi “ Xujjatni qaytarib olish uchun elektron talabnoma” bilan murojat qilsangiz bo’ladi. Agarda mandatdan keyin familyangiz ro’yxatda chiqmasa, bu holda xujjatingizni qaytarib olishga talabnoma yuvorishingiz mumkin. Xujjatlaringiz pochtaxonaga buyurtma xat orqali yetkaziladi. Biroq, xizmat bepul emas. Va siz pochtangizni pasport nazoratidan o’tibgina olishingiz mumkin. Agarda pullik xizmat qoniqtirmasa, u holda shaxsan o’zingiz universitetdan xujjatingizni olishingiz imkoniyati ham bor. Ammo, bularning hammasi ikkinchi darajali holatlar. Keling hozircha bunday yomon hayollardan o’zimizni chetlatib, faqatgina yaxshi niyat qilamiz.

 

Sizga omad!

Kamola.

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas