Oliy ta’lim to’g’risidagi so’ngi yangiliklar

O'zbekiston oliygohlari, Yangiliklar
3486 0

Salom, bo’lajak talaba.

Ishlaringiz qanday? Juda tez kunlarda xujjat topshirish vaqti va ketin imtihonlar boshlanadi.

Men oliy ta’limda kechayotgan so’ngi asosiy o’zgarishlar haqida, siz abiturientlarga foydali bo’ladigan yangiliklar bo’yicha   an-anaviy lavha tayyorladim. Ohirigi oydagi kuzatuvlarga ko’ra yangiliklar soni tobora oshib bormoqda: islohat ishlari, investitsiya, yangi bo’limlar, turli xil imtiyozlar va h.k. O’qing.

 

Prezidentning oliy ta’lim islohoti bo’yicha imzolagan qarori

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimiga tegishli bo’lgan yangi xujjat imzoladi. Islohat ishining o’ziga xos vazifalri juda ko’p. Agarda eng ahamiyatlisini oladigan bo’lsak, bu – har bir davlat oliy o’quv yurti nufuzli chet el ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish, t’alim tizimiga xalqaro standartlarga asoslangan yangi o’quv adabiyotini kiritish, ta’lim texnologiyalarini normallashtirish va o’qituvchilarning bilim darajasini yuksaltirish deb topildi.

O’zgarishlarni kuzatish maqsadida, xususan Davlat inpeksiyasi yaratildi.

Manba

Endi bizda sirtqi bo’lim faoliyat ko’rsatadi

Davlat Prezidenti tomonidan “ O’zbekiston Respublikasining 2017/2018 yillaridagi oliy o’quv yurtlariga qabul” kabi qaror qabul qilindi. Qarorda bakalavrlar uchun yangi kvota haqida, ya’ni endilikda umumiy abiturient soni 66,3 ming kishini tashkil qilib, undan 18,1 ming nafari davlat granti va 48,1 nafari esa shartnomani o’z ichiga oladi. Sirtqi bo’lim bir necha oliy o’quv yurtlaridagi maxsus yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (umumiy 100 ta joy, grant -15, shartnoma -85), Navoiy davlat konchilik instituti (umumiy 90 ta joy shartnoma asosida) va Toshkent temir yo’l muhandislari instituti (umumiy 80 ta joyshartnoma asosida).

Manba

Qo’shimcha kontrakt kuchga kirdi

Prezidentning yangi qaroriga ko’ra, endilikda oliy o’quv yurtlarida yuqori narxdagi qo’shimcha shartnoma asosida qabul ishga tushishi kutilmoqda. Shartnoma narxi to’plangan ballar asosida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Ammo, qo’shimcha shartnoma jiddiy tartib asosida berilib, abiturient 68 balldan kam to’plamasligi lozim. Ya’ni bu yerda abiturientning imkoniyatlari inobatga olinadi.

Manba

Tibbiyot institutlarida yangi ta’lim muddati

Prezident qaroriga ko’ra tibbiyot o’quv yurtlarida tahsil oluvchi 2-5 kurs talabalari quyidagi yo’nalishlar : “tibbiy yordam”, “kasbiy ta’lim” (tibbiy yordam), “xarbiy-tibbiy yordam”, “pediatriya ishi” bo’yicha o’quv jarayoni 6 yilga qisqartildi.

Manba

Ta’lim tizimi Jahon banki tomonidan qo’llab quvatlanadi

11-aprel kuni O’zbekiston hukumati va Jahon banki hamkorligida davlat oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish haqidagi kredit shartnomasi imzolandi. Ushbu loyiha ta’lim tizimini boshqarish va uning sifatini oshirish maqsadida tuzilgan.

2017-2020 yilga qadar mo’ljallangan loyihani amalga oshirishda oliy ta’lim vazirligi javob beradi va Jahon banki esa texnik jihatdan ta’minlaydi.

Manba                                      

Konservatoriyada yangi fakultet ochiladi

Davlat Prezidenti “Madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish va takomillashtirish” haqidagi yangi qarorni imzoladi. O’zbekiston Davlat konservatoriyasida 2018/2019 yillar mobaynida   madaniyat va san’at sohasidagi pedagoklarni tayyorlash bo’yicha yangi fakultet tashkillashtiriladi.

Shu bilan bir qatorda ushbu kadrlarga viloyat markazlaridan uy-joy xaridi uchun alohida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Manba

 

Ta’limdagi eng yangi o’zgarishlar ana shunday tus olgan. O’z navbatida bu kabi tanaffus, imkoniyat va takliflar sizga shubhasiz qo’l keladi.

Maqolam siz uchun foydali bo’ldi degan umitdaman.

Omad.

Kamola.

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas