O’zbekistonda dunyodagi eng mashhur kasblardan birini egallash uchun qayerda o’qish kerak

O'zbekiston oliygohlari, Kasb tanlash
1388 0

Salom, bo’lajak talaba!

Men bu yilgi ma’lumotlarga asoslangan holda dunyodagi eng mashhur kasblar ro’yxatini tuzib chiqdim. Shuningdek, ularni egallashda qaysi oliy o’quv yurtlarida o’qish afzaligi haqida ma’lumot berdim. Umumiy reyting har xil davlatlarda turlicha farqlanishiga qaramasdan, jahon standartlarini asos sifatida oldim.

 

Muhandislar

Odatda, bu yo’nalishni taraqqiyot sari intiladigan va unda ishtirok etadigan insonlar tanlaydi. Ekspertlar fikri bo’yicha tez orada qurilish sanoatni ildam rivojlanishi va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ishlari olib boriladi. Bunday holatni ayni damda ham kuzatishimiz mumkin. Binobarin, agar siz aynan shu kasbni o’rgansangiz – yutqazmaysiz. Kasbni egallash oson kechmasada, asosiysi yalqovlikdan yiroq bo’lish.

Kasbni standart yo’l bilan o’zlashtirishdan tashqari, jahon miqiyosiga ko’tarilish uchun texnikaviy ingliz-tilini bilish lozim. Shunda sizga teng keladigani bo’lmaydi.

O’qish joyi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnik universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Qarshi injener-iqtisodiyot instituti.

 

IT-mutaxassislari

Hozirgi davrda, “Agar siz IT-mutaxassisi bo’lsangiz, demak dunyoni boshqara olasiz” kabi mulohaza keng tarqalgan. Bugungi kunda gadjetlarga moslashtirilgan dasturlar sanoqsiz bo’lib, xususan ularni yaratish uchun maxsus odamlar, ya’ni - eng ilg’or programmachilar kerak bo’ladi.

Mabodo, siz IT-texnologiyalaridan tashqari yana grafik dizayn va saytlarni modellashtirish ishlari bo’yicha bilimga ega bo’lsangiz, u holda bu sizga qo’shimcha bonus bo’ladi.

O’qish joyi: Toshkent axborot texnologiyasi universiteti va uning viloyatdagi filiallari, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Xalqaro Vestminister universiteti, O’zbekiston Davlat Milliy universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

 

Shifokorlar

Ilgari vaqtdagi shifokorlarga qo’yilgan talablar, hozirda, iasosiy tibbiyot maktabi hisoblanadi. Bundan tashqari, hozirgi shifokor elektronika, biotexnologiya asoslari va texnika bilan ishlashni ham a’lo darajada bilishi shart.

O’qish joyi: Yo’nalishdan kelib chiqqan holda; Tibbiyot akademiyasi, Toshkent stomotologiya instituti, Toshkent pediatriya instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat pediatriya institutining Farg’ona viloyatidagi filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch viloyatidagi filiali, Toshkent davlat stomotologiya institutining Nukus viloyatidagi filiali, Toshkent davlat pediatriya institutining Nukus viloyatidagi filiali.

 

Turizm sohasi bo’yicha mutaxassislar

Bilamizki, odamlarda sayohat qilish istagi hech ham so’nmaydi. Bu sohaning bilarmoni bo’lish deb, mijoz uchun sifatli va xavfsiz yo’l tavsiya etish, uning xavfsizligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish va barcha xujjatlar masalasini o’z zimmasiga olish tushuniladi. O’z navabatda, bu juda katta mas’uliyat talab qiladi. Agarda bularning barchasini uddalasangiz, o’zingizning turbiznesingizni ochish qiyin bo’lmaydi. Eng qulay tomoni, jarayon mobaynida o’zingiz ham xarajatsiz dam olishingiz mumkin.

O’qish joyi: Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va biznes instituti.

 

Logistlar

Mahsulot o’tkazish – bu mushkul , ammo shu navbatda daromadli va dolzarb ish hisoblanadi. Logistika mutaxassisi vazifasi - moddiy qadriyatlarni boshqarish. Mabodo, u shu bilan birga yana transport infratuzilmasi, iqtsodiy bilim va topografik savodxonlik haqida bilimga ega bo’lsa, demak uzoqqa borishi aniq.

O’qish joyi: Inha universiteti, Toshkent transport instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

 

Ekologlar

Ekolog ta’limiga ega mutaxassislar – dunyo hukumronlari hisoblanadi. Bugungi kunda butun olamda   birtalay chiqindi va axlatlar mavjud. Vaholanki, odamlar o’zlarini bu muammodan xalos qilish uchun, ekologlarga juda katta miqdorda mablag’ ajratishga tayyor.

O’qish joyi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent irigatsiya institutining Buxoro viloyatidagi filiali, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo’ng’rot tumanidagi bo’limi.

 

Kimyo va energetika bo’yicha mutaxassislar

Ma’lumki, odamzod tabiiy boyliklarning cheksizligiga kam ishonadi, zeroki suv manbasini ortiqcha miqdorda iste’mol qilish, daryolardagi qurg’oqchilikka olib keladi. Ayni damda yer quvvati uzoqqa bormasligi ayon bo’lgani sababli, barcha odamlar aynan shu quvvatning manbasini izlash bilan ovora. Shuningdek, quyoshli batareyalar, qizitish tizimi va kondisionerlashtirish ishlari yangi g’oya va texnologiyalarni talab qiladi. Binobarin, kimyo va energaetika bo’yicha mutaxassislik diplomi katta ahamiyatni egallaydi.

O’qish joyi: Turin politexnika universiteti, I. M. Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti filiali, Toshkent avlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro yuqori texnologiyalar instituti, Farg’ona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti, Navoiy konchilik instituti.

 

Nanotexnologiya mutaxassislari

Nanotexnologiya mutaxassislari vazifasiga juda ko’p narsa kiradi; oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va mashinasozlik. Kun sayin ushbu texnologiyalardan foydalanish ko’rsatgichi o’sishi sababli, xususan soha mutaxassislariga ham bo’lgan talab ortmoqda.

O’qish joyi: Toshkent Davlat texnika universiteti, Inha universiteti, Buxoro yuqori texnologiyalar instituti.

 

Xizmat ko’rsatish boyicha mutaxassislar

Bu kabi mutaxassislar har doim va hamma joyda kerak: restoran biznesi, go’zallik va turizm sohasida, ta’lim ishlarida. Tatbiq cheksiz bo’lgani sababli, bo’sh o’rinlar (vakant) soni ham talaygina.

O’qish joyi: O’quv markazidan sertifikat kifoya.

 

Jurnalistlar, PR-mutaxassislar

Piar nafaqat korxona, balki insonlar uchun ham zarur. Hech qaysi bir nufuzli korxona yoki OAV sohasidagi obro’li odam imidjmeykersiz, ya’ni shaxsiy brending bilan shug’ullanadigan mutaxassissiz ishi bitmaydi.

O’qish joyi: O’zbek davlat Jahon tillari universiteti, O’zbekiston Davlat Milliy universiteti, Xalqaro Vestminister universiteti – marketing yo’nalishi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti.

 

Omad Sizga!

Kamola.

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas