Psixologik yordam: qayerga hujjat topshirish kerak

O'zbekiston oliygohlari, Kasb tanlash
1213 0

Salom, bo’lajak talaba! Mana hujjat topshirish vaqti ham keldi. Men seni kasbga yo’nalishingga yordamlashish uchun psixolog bilan suhbatlashdim.

Kamilla Babajanova Varshavadagi “Klinik psixologiya” fakultetining magistr talabasi.

Bugungi to’g’ri kasb tanlash haqidagi savol shunchaki aktual bo’lib qolmasdan, abituriyent va ota-onalar o’rtasidagi xavotirli savol deb aytsak ham bo’ladi. Bunday mas’uliyat va jiddiy qarorni sekinlik bilan qabul qilish lozim. Kasb tanlashga tayyorlanish birinchidan javobgarlikni o’z bo’yniga olgan holda tanlov va o’z kasbiy qiziqishlarni hisobga olish, ikkinchidan – kasb tanlashda shaxsiy-psixologik talablar, qobiliyat va imkoniyatlarga adekvat munosabatda bo’lish kerak.

Abituriyentlar o’zlarining kelajakdagi kasb yo’lini ravshan tasavvur qila olishlari juda muhimdir. Biroq, kollej yoki litsey bitiruvchilari qayerga va qaysi kasbga o’z imkoniyatlarini yo’naltira olishmasa-chi? Bu payt birdaniga ota-ona ishga tushib, o’zlari qachonlardir orzu qilgan lekin erisha olmagan kasblarini tanlashga bolani majburlab, ularni istaklariga qarshi chiqishadi.

Eng oson yo’l – maktab fanlariga urg’u berib, eng yuqori natijaga erishgan bolani munosib oliy o’quv yurtiga tanlagan ma’qul. Unutmang, xoh u fizika fani bo’lsin, xoh adabiyot bo’lsin, natija qaysi fandan baland bo’lsa ham, bu bola bir umr shu ish bilan shug’ullanashiga kafil bo’la olmaydi.

Bir qancha vaqtdan keyin bu mutaxassislik abituriyentga yoqmay qolishi mumkin ya’ni oddiy xalq tili bilan aytganda, “menga emas”.

O’z “nochor” hayotidan alamlarning qo’zg’atilishi, qiziqishlarning va o’qishga motivatsiyaning yo’qolishi, ota-onani ayblash kelib chiqadi. Afsuski, bu holat maktab o’quvchilari, kollej va litsey bitiruvchilari xatoliklaridagi muammolar tezlik bilan o’tib ketmaydi. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Birinchi o’rinda biz mamlakatimizdagi maktab bitiruvchilari bilan birgalikda kollej/litsey bitiruvchilarining dars o’tilish sistemasi “profoorientasiya” qobig’iga tushib qolganini aytishimiz kerak. O’quvchining intilishlari bir tomonda bo’lishiga, boshqa tomondan esa uning imkoniyatlariga psixologik e’tibor berish zarur. Ikkinchi variant esa – abituriyentni kasbga yo’naltirish uchun uni shaxsiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, ma’lumot bera oladigan mutaxassis ya’ni maslahatchi psixologga ishonish kerak.

Shaxsan men bu savollarga professional maslahatlarni har doim qo’llab-quvvatlayman va unga amal qilishingizni tavsiya qilaman.

Uchinchi variant, bu savolga quyidagi sxema bo’yicha individual yondashing:

XOHLAYMAN-QILA OLAMAN-KERAK.

O’xshash nomi “Uch V qonuni” “Влечение-Возможность-Востребованность” (muolaja, imkoniyat, talab qila olish) ya’ni bu aslida ko’pchilikka tanish bo’lsa kerak. Har bir abituriyent o’ziga jadval tuzishi zarur.

  1. Xohlayman – bunga kasbiy qiziqishlaringiz va havas kiritiladi.
  2. Qila olaman – bu yerga o’zingizdagi kasbiy sifatlar va layoqat, (Mening bilim va ko’nikmalarim bu kasbni o’rganishim uchun yetarlimi?) fiziologik va psixologik komponentlar (kasb tanlashda solik katta ahamiyatga ega).
  3. Kerak – bu punktda tanlangan kasbni mehnat bozoridagi o’rnini maqbul baholay olish kerak.

Asosiy ish hal bo’lgach, mashaqqatli desa bo’ladigan – hujjat yig’ish payti abituriyentlar uchun ulkan sabrni talab qiladi. Menimcha bu kabi tanlovlar har kuni qabul qilinadi, demak tishni-tishga qo’yib, qiyinchilikdan o’tish kerak.

Kasb tanlashda yo’l qo’yiladigan bir qancha xatolar, bularni yodda tuting:

  1. Butun dunyodagi kasblar to’g’risida tasavvur
  2. Kasb ahamiyatiga e’tiborning ko’pligi
  3. Kirish uslubida “Kompaniya uchun” yoki “Qayerda imkon katta bo’lsa, o’sha joyga”
  4. Tanlovda atrofdagilarning bosimi
  5. O’quvdagi sevimli fanga bo’lgan yaqinlik
  6. O’z imkonlarini notg’ri baholash
  7. Oilaviy an’anani davom ettirish – “shifokorlar sulolasi”, “o’qituvchilar oilasi”
  8. Shoshilinch kasb tanlash – “fors-major”

    Men deyarli yurtimizdagi barcha repititorlardan o’tib, o’z kuchim bilan ikkinchi martada Toshkent tibbiyot akademiyasiga o’qishga kirganman. Ammo keyinchalik men tibbiyot sohasini yoqtirishimni biroq bu viloyatda umuman ishlashni istamasligimni tushunib yetdim. Dahshatli noqulayliklar, xavotir va 7 yilni bekorga sarflamaslikni istadim. Men boshqa universitetning pedagog-psixolog yo’nalishiga ketishni tavakkal qildim va bundan afsuslanmadim. Bugungi kunda men viloyatdagi “Klinik psixogiya” fakultetida bo’lajak magistrman ya’ni men tibbiyotdagi haqiqiy kasbimni tanladim. Men o’z kasbimni shunchaki sevmayman, men unda yashayman. Bundagi asosiy narsa mening tavakkal qilganim va ota-onamning menga ishonchi va qo’llab-quvvatlashgani bo’ladi.

    Xulosa o’rnida shuni istardimki, birinchi e’tiborni abituriyentlarning ota-onalariga qaratish lozim: o’z farzandingizdagi individuallikni nobud qilmang, tanlashga bo’lgan mas’uliyat va imkonni o’zlariga qo’yib bering. Qolgan barcha qobiqlarni tashlang, chunki sizning farzandingizni kelgusidagi tanlagan kasbi baxtli qilishi kerak, birinchi o’rinda – uni, qarindosh va qo’shnilaringizni emas.

    Abituriyentlarga shuni aytmoqchimanki, boshingizdagi fikrlar, miyadagi g’oyalardan qochmang, tavakkal qilishdan va kasb tanlashdan qo’rqmang, siz porlagan ko’zlaringiz bilan bo’lajak ishingiz tomon ola boring.

 

Hozir vaqtni bekorga sarflash payti emas, yillarni ta’limga va aniq yo’nalishga qaratish, keyin boshqasini o’rganish lozim. Shubhasiz, bu hayotda shunday bo’lishi kerak. Lekin hozir aynan o’qishni – vaqti: o’qish, o’rganish, rivojlanish va harakat qilishni vaqti.

Mana siz uchun psixologik qo’llanma, endi seni navbating!

Omad!

Kamola.

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas