Qo’shimcha darslarga qatnash imkoni bo’lmasa, kirish imtihoniga tayyorgarlikning tejamli yo’li

Kasb tanlash, Imtihonlar
684 0

Salom, ishlaringiz qanday? Tayyorgarlik qanday kechmoqda? Oliy o’quv yurtini tanlab bo’ldingizmi? Tanlovda adashmadingiz deb umid qilaman.

Ortiqcha harajat va qo’shimcha dars yordamisiz kirish imtihonlarga tayyorgarlik ko’rishni yana bir foydali yo’li.

Sizning qo’shimcha darslar bilan mashg’ul bo’lishingiz tahminan shunday kechadi: mashg’ulotlar aniq kun va vaqtda belgilanadi. Har bir dars – uyga vazifa tekshiruvidan boshlanib, bir necha yangi mashqlar bajaruvi bilan davom etadi va dars mobaynida ko’rsatilgan natijadan kelib chiqqan holda, yangi vazifa beriladi. Aslida, siz ma’lumotni uyda har qanday ortiqcha ko’maksiz, mustaqil ravishda o’zlashtirasiz. Qo’shimcha mashg’ulotlar esa sizga o’zlashtirgan bilimngizni test yechish orqali birkitishga yordam beradi holos.

Hozirda mustaqil ta’lim, allaqachon dunyodagi eng samarali o’zlashtiruv usuliga aylangan. Tabiiyki, uning o’ziga xos qulayliklari bir talay: birinchidan, bepul, ikkinchidan, dars jadvalini o’zingizga moslashtirib tuzish imkoniyatiga egasiz va uchinchidan, zarur bo’lgan ma’lumotlarni o’rganib, itest.uz sayti orqali testlarni yechishingiz mumkin.

Mustqail ta’lim, eng zarur ma’lumotlarni o’zlashtirsh asosida, shaxsiy o’quv dasturini yaratish imkoniyatini yaratib beradi. Bundan tashqari, dtm.uz saytida, yil sayin yangilanadigan test savollari adabiyoti joylashtiriladi. Savollar adabiyotini siz internet yoki yoyma o’quv anjomlari bozoridan topishingiz mumkin.

Dunyoda mustaqil o’quv yo’llari ancha. Hattoki, umuman sarf-harajat talab qilmaydigan maxsus manbalar ham mavjud. Agarda rus tilidagi manbalarni oladigan bo’lsak, ulardan: Lektorium loyihasi, Twirpx, Xon akademiyasi, Universarium, ingiliz tilida - Coursera, Еdx, UoPeople va boshqalar mavjud. Bu kabi portallar bepul bilim ulashadi, hamda istagan vaqtda onlayn tartibda tayyorgarlik imkoniyatini yaratib beradi. Shu bilan birga saytlarda ko’pgina ma’ruza, videodastular va tegishli testlar o’rin olgan. Holbuki, bu kabi manbalar yetarlicha, ulardan: Alison, MIT Open CourseWare, The University of Reddit, Saylor, Berkey Leactures, Zooniverse, Leaner`s TV, Open Yale Courses va h. k.

Agarda O’zbekistondagi ta’lim portallarini chet-el standartlari bilan taqqoslaydigan bo’lsak, bizda bu kabi o’quv portallarini topish qiyin, biroq ular zarur. Chet-el manbalaridan foydalanish mumkin, ammo bizning ta’lim tizimimizning o’ziga xos jihatlari bor. Bilimni esa iTest.uz dan tekshirishimiz mumkin. iTest.uz tizimi O’zbekistondagi har qanday oliy o’quv yurtiga imtihon topshirishga mo’ljallangan bo’lib, uning eng asosiy hususiyati - testlarni avtomatik tarzda ma’lum bir oliy o’quv yurti va fakultet asosida taqdim etilishi hisoblanadi. Belgilangan natija va to’plagan ball asosida tizim qaysi oliy o’quv yurtiga topshirishingiz mumkinligini aniqlab beradi. Itest.uz tizimining yana bir foydali tarafi –bu o’qituvchilar bilan bevosita aloqa, ya’ni sizni qiziqtirgan barcha savollarni maxsus forumga yuborishingiz mumkin.

Tizimning afzalliklari ko’p: u sizga natijalar bilan birga qaysi oliy o’quv yurtiga topshira olishingiz haqidagi ma’lumotnomani tayyorlab beradi. Tizim uchun to’lovni Paynet, Click va Payme orqali amalga oshirishingiz mumkin. Agarda to’lov paketi sotib olsangiz, undan belgilangan vaqt oralig’ida foyalanishingiz lozim. Hamda tizim eng yaxshi o’quvchilar reytingini, to’g’ri va noto’g’ri test javoblari haqida ma’lumot beradi. Testni ishlash uchun ajratilgan vaqt: hammasi chinakam imtihon kabi 3 ta blok va 36 ta savol uchun 3 soatdan vaqt beriladi.

Ammo, quyidagi hollarda sizga qo’shimcha dars zarur:

  1. Siz fan va uning asoslarini umuman tushunmasangiz
  2. Qaysi oliy o’quv yurtini tanlashni bilmasangiz
  3. Siz maktab programmasini umuman o’zlashtira olmagansiz
  4. Qo’shimcha darsga borish imkoniyatiga egasiz
  5. Siz hamisha yetakchi insonga muhtojsiz, va u siz olg’a intila olmaysiz
  6. Sizning vaqtingiz chegaralangan va qisqa muddat ichida tayyorlanishingiz kerak

 

Material siz uchun foydali bo’ladi deb umid qilaman.

Omad tilayman.

Kamola.

Shu mavzu bo’yicha maqolalar

Izohlar

Hozircha izohlar mavjud emas